Po‘lat Mo‘min

Adabiyotshunos, Shoir, Yozuvchi
Po‘lat Mo‘min
Tavallud sanasi:
1922 Dekabr 24
Vafot sanasi:
2003 yil

Po‘lat Mo‘min adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U o‘zining quvnoq she’rlari, zavqli qo‘shiqlari, qiziqarli doston va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biri bo‘lib qolgan. 1992 yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. Po‘lat Mo‘min 1998 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

Tarjimai hol

U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. So‘ng Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), o‘qituvchilik qiladi. 1948-1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951-1952 yillarda O‘zbekiston Davlat nashriyotida bolalar adabiyoti bo‘limining mudiri bo‘lib ishlaydi. 1954-1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962-1964 yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at ishlari boshqarmasida xizmat qiladi. Po‘lat Mo‘minning adabiyot oldidagi xizmatlari xalq va hukumat tomonidan yuqori baholangan. 1992 yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. 1998 yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

Po‘lat Mo‘min 2003 yilda vafot etgan.

Faoliyati

1949 yilga kelib uning «Sayrang, qushlar» nomli ilk to‘plami chop etiladi. Ketma-ket «Bo‘l, tayyor!», «Tish cho‘tkasi ertagi» (1955), «Hunardan unar» (1958), «To‘g‘ri o‘sgan gul bo‘lar» (1960), «Aql qayerda bo‘lar?» (1962), «Oltin nay» (1967), «Rahmatga rahmat!» (1969), «Eson va Omon» (1971), «Odob va oftob» (1971), «Yaxshilarga o‘xshasam», «Gul va Piyoz», «Kuldi xiyol», «Men sevaman, sen sevasanmi?», «Oltin boshoqlar», «66 oltin qo‘l», «Ertakdan ertakka» (1990), «Fardlar kitobi» (1993) va boshqa to‘plamlari nashr etiladi. Uning so‘nggi «Bolajon, bolajonim» kitobi 2004 yilda kitobxonlar qo‘liga tegdi.

Po‘lat Mo‘min dramaturg sifatida ham «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» (1970), «Suqatoy va Konfetvoy», «Bahodirning jasorati» kabi asarlarini yaratgan.

U, ayniqsa, mohir qo‘shiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Shoirning «Indamadi», «Onadur ul, onadur», «Senga bir gap aytaman» kabi o‘nlab qo‘shiqlari o‘zining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilan xalqimiz yuragidan o‘rin olgan.

U mohir tarjimon sifatida A.S.Pushkin, V.Mayakovskiy, S.Marshak, S.Mixalkov, A.Barto, N.Nosov asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/po%E2%80%98lat_mo%E2%80%98min
Sayt foyda berdi!
87433 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi